Hayit bayrami kunlarida qanday ob havo kutilyapti?

Hayit bayrami kunlarida qanday ob havo kutilyapti?
Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning 9-12 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 16-21 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°, 10-12 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 iyulda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 10-12 iyulda 32-37 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat'i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:
  • 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
  • 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan koʻchirilgan dam olish kuni.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.