O‘zbekistonda 3 oyda qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi

O‘zbekistonda 3 oyda qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi

O‘zbekistonda 3 oyda qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi

O‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki uch oyi davomida 191 mingdan ortiq tirik tug‘ilish holati rasman ro‘yxatga olindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot tarqatdi.
Qayd etilishicha, yanvar-mart oylari mobaynida mamlakat bo‘yicha jami 191 086 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Statistik raqamlarga ko‘ra, tug‘ilgan chaqaloqlarning asosiy qismi o‘g‘il bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Jumladan, 98,5 ming nafar yoki 51,5 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan bo‘lsa, qiz bolalar soni 92,6 ming nafarga yetgan. Bu esa umumiy ko‘rsatkichning 48,5 foizini tashkil qildi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, shahar joylarda 93,7 ming nafar chaqaloq tug‘ilgani qayd etildi. Qishloq hududlarida esa bu ko‘rsatkich 97,4 ming nafarni tashkil qilib, umumiy tug‘ilishlarning asosiy ulushini egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.