O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yil 15 noyabr holatiga doimiy aholi soni 35,9 mln kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan erkaklar – 18,1 mln kishi, ayollar – 17,8 mln kishiga teng.

Birlashgan millatlar tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 15 noyabr holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 8034,3 mln kishini tashkil etgan.

Bunda, erkaklar – 50,5 foizni tashkil qilyapti, ayollar – 49,5 foizga teng.

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 41-o‘rinda qayd etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.