Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi
Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya markazi mutaxassislari O‘zbekiston bo‘ylab navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 may, shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab tezligi soniyasiga 17-22 metrgachani tashkil qiladigan kuchli shamol kuzatiladi, deyiladi \"Darakchi\" nashrida.

Shu kuni qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni tashkil etadi.

8 may kuni kechqurun respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Oqibatda daraxtlar sinib avtomobillar ustiga va yo‘lning qatnov qismiga quladi. Toshkent hamda boshqa shaharlarda elektrenergiya o‘chishi kuzatildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.