Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
Uzcard faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekiston milliy banklararo to‘lov xizmati bo‘lmish Uzcard tizimida bugun, 12 may kuni soat 10:55dan boshlab aloqa uzilishi kuzatilmoqda. Bu haqda Yagona umumrespublika prosessing markazining rasmiy saytida xabar qilingan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Xabar qilinishicha, ATSdagi tarmoq uskunalarining nosozliklari tufayli onlayn terminallarining prosessing markazi bilan aloqasi vaqtinchalik uzilgan.

Markaz vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tezda qayta yo‘lga qo‘yish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.