O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakat bo‘ylab Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari ma’lum qilindi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ma’lum qilinishicha, idora 2024 yil Ramazon hayiti 10 aprel, (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namoz vaqtlarini belgilab chiqdi.

Shunga ko‘ra hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
Andijon viloyati – 06:00
Namangan viloyati – 06:00
Farg‘ona viloyati – 06:00
Toshkent viloyati – 06:10
Toshkent shahri – 06:10
Sirdaryo viloyati – 06:10
Jizzax viloyati – 06:15
Samarqand viloyati – 06:20
Surxondaryo viloyati – 06:25
Qashqadaryo viloyati – 06:30
Navoiy viloyati – 06:30
Buxoro viloyati – 06:30
Xorazm viloyati – 06:50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 06:50
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.