O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida hamdardlik kitoblari ochildi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti hamda mamlakatda 3 sentyabrdan motam e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi barcha diplomatik missiyalari va konsullik muassasalarida hamdardlik kitoblari ochildi. Bu haqda «Jahon» AA\'ga asoslanib «Gazeta.uz» xabar qildi.
Erta tongdan hukumat va parlament a’zolari, siyosiy, madaniy, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralar, jamoat tashkilotlari vakillari va oddiy fuqarolar o‘zbek xalqiga hamdardlik belgisi sifatida gullar keltirib, hamdardlik kitobiga o‘z qaydlarini qoldirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













