Toshkentdagi Makro supermarketlarida pensionerlarga har kuni bittadan bepul buxanka non beriladi


Toshkentdagi Makro supermarketlar tarmog‘ida 2015 yil − Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan o‘ziga xos aksiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi a’zolari ma’lum qildi.
Aksiya davomida pensionerlarga eng zarur mahsulotlar arzon narxlarda sotiladi, shuningdek har kuni bittadan qoliplangan (buxanka) non bepul beriladi.
Bunday imkoniyatdan tegishli guvohnomani ko‘rsatgan holda begim kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) soat 8:00 dan 16:00 gacha foydalanish mumkin.
Manba: www.daryo.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













