Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi

Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
8 yanvar kuni Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi. Hayvonot bogʻi ma'muriyatining ma'lum qilishicha, uning oʻlimiga oshqozon burilishi sabab boʻlgan.

Veterinarlar barcha mumkin boʻlgan davolash usullarini qoʻllagan boʻlishsa-da, jirafani saqlab qolish imkoni boʻlmadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil sentyabr oyida ham Toshkent hayvonot bogʻida \"Alatau\" laqabli jirafa miya ishemiyasi tufayli halok boʻlgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.