Statistika: Oʻzbekistonda deyarli qashshoqlik qolmadi

Statistika: Oʻzbekistonda deyarli qashshoqlik qolmadi
Oʻzbekiston Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi bergan rasmiy ma'lumotlarga koʻra, 2024-yilda qashshoqlik darajasi 8,9% ga tushdi. Bu koʻrsatkich oldingi davrga nisbatan sezilarli yaxshilanishni anglatadi, chunki ilgari qashshoqlik darajasi 11% ni tashkil qilgan.

Raqamlarga koʻra, 719 ming kishi qashshoqlik chegarasidan chiqdi. Eng ijobiy oʻzgarishlar quyidagi hududlarda kuzatilmoqda:
? Buxoro, Samarqand va Namangan viloyatlari
? Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Mutasaddilarning ta'kidlashicha, ushbu statistik ma'lumotlar Jahon banki metodologiyasi asosida hisoblab chiqilgan boʻlib, xalqaro standartlarga mos keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.