Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi boʻyicha yangi mexanizm joriy etiladi

Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi boʻyicha yangi mexanizm joriy etiladi
Foto: Migratsiya agentligi
Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmini yaratadi.

Migratsiya agentligi xabariga koʻra, agentlik direktori Behzod Musayev va Rossiya Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov Moskvada ikki tomonlama hamkorlikning shu va boshqa masalalarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi boʻyicha yangi mexanizm joriy etiladi
Rossiyada vaqtincha ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun Oʻzbekistonda maxsus oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaror qilindi.

Mehnat va bandlik federal agentligi ish beruvchilar faoliyatini oʻrganish va ularning ishonchliligini aniqlash boʻyicha Migratsiya agentligi bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston va Rossiya mehnat migratsiyasi boʻyicha yangi mexanizm joriy etiladi
Tomonlar, shuningdek, oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyada yashash va ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olish uchun oʻz vatanida rus tilidan imtihon topshirishi mumkinligi toʻgʻrisida kelishib oldi. Ushbu imtihonni Saxarov nomidagi koʻp funktsiyali migratsiya markazining Toshkent shahridagi filialida topshirish mumkin boʻladi.

Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari uchun patent olish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, KMMning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.