Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Samarqanddagi Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman daraxtini ekdi.

Ta’kidlanishicha, marosim ikki mamlakat xalqlarining do‘stligi, O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo‘lgan qat’iy intilishining ramzi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Shundan so‘ng, Jorja Melonining O‘zbekistonga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev ham Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.