Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.

«Mamlakatning barqaror rivojlanishi va uning xalqaro jozibadorligi oshishi bilan tashqi iqtisodiy aloqalar faollashib, investitsiyalar oqimi ko‘paymoqda. Bunday sharoitda O‘zbekistonda transport infratuzilmasining barcha yo‘nalishlarini modernizatsiya qilishga o‘sishning asosiy omili sifatida ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Ana shunday strategik loyihalardan biri \"Toshkent-Sharqiy\" aeroportini rekonstruksiya qilishdir. U yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tez, xavfsiz va qulay qatnovlarni ta’minlash, shuningdek, poytaxtning asosiy xalqaro aeroportiga yuklamani yengillashtirishga mo‘ljallangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bu yerda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, aeroport eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar ta’minlanadi.

Yangi aeroport qulay joylashuvi tufayli poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport habiga aylanadi, shuningdek, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, xalqaro tashriflar va ishbilarmonlik safarlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlarni qabul qilish uchun sharoitlar yaxshilanadi. Natijada iqtisodiy faollik oshadi, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada oshadi.
Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aeroporti qurilishini borib ko‘rdi
Davlatimiz rahbari loyihaning texnik xususiyatlari, terminallarning arxitekturaviy yechimi bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish, servis darajasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.