Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMTdagi muhim anjumanda qatnashadi

Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMTdagi muhim anjumanda qatnashadi

Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMTdagi muhim anjumanda qatnashadi
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yillik yubiley majlislarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan AQSHning Nyu-York shahriga yo‘l oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentimiz Bosh Assambleya umumiy majlisining ilk kunida nutq so‘zlaydi. Unda jahon ahamiyatiga ega masalalar yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishi kutilmoqda. Shuningdek, tashrif doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda qator davlat va hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur safar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, dunyo hamjamiyati bilan keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.