Toshkent va Olma-ota hokimlari qaysi masalalarni muhokama qilishdi?


Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov Olma-ota hokimi Baurjan Baybek bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Olma-ota shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar beradi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamalash masalalarini muhokama qilishdi.
Joriy yilning 10 oyida Olma-ota va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Ayni vaqtda Olma-otada 129ta qo‘shma va 236ta o‘zbek korxonasi faoliyat olib bormoqda.
Toshkent va Olma-ota hokimlari uchrashuvida kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, aholi uchun turarjoylar qurish hamda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













