Nima sababdan Rossiya va Ukraina hisoblagichlariga rasman taqiq qo‘yildi?

Nima sababdan Rossiya va Ukraina hisoblagichlariga rasman taqiq qo‘yildi?

Toshkentdagi “O‘rikzor” bozorida o‘tkazilgan tekshiruv davomida Rossiyada ishlab chiqarilgan “Eko nom” va Ukrainadagi “Novator” rusumli suv hisoblagichlar aniqlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar ularning amaldagi standartlarga javob bermasligini ko‘rsatdi.

Ushbu hisoblagichlardan foydalanish natijasida:

  • suv sarfi noto‘g‘ri qayd etilishi;

  • statistik ma’lumotlar buzilishi;

  • resurslarni rejalashtirishda xatoliklar;

  • suvdan ortiqcha foydalanish holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Shu sababli, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan bu rusumdagi hisoblagichlarni sotish va foydalanish taqiqlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.