Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Prezidentimiz dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

So‘ng Oval xonada yetakchilar muzokara o‘tkazdilar. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Davlatimiz rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSH hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Yetakchilar qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari AQSH yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.