Toshkent havosi dunyo bo‘yicha eng iflos shaharlar qatoridan 2-o‘ringa chiqdi

Toshkent havosi dunyo bo‘yicha eng iflos shaharlar qatoridan  2-o‘ringa chiqdi

10 noyabr kuni Toshkent shahri havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi IQAir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:51 da poytaxt havosidagi PM 2.5 turidagi zararli zarralar konsentratsiyasi 121,6 mkg/m³ ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan me’yordan 24 baravar yuqori hisoblanadi.

Mutasaddilar aholiga zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, nafas olish tizimi bilan bog‘liq kasalliklari borlar esa tibbiy niqoblarda yurishni tavsiya qilmoqda.

Toshkent havosi dunyo bo‘yicha eng iflos shaharlar qatoridan  2-o‘ringa chiqdi

Shuningdek, uyga qaytgandan keyin yuz va qo‘llarni yuvish, xonalarda chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni yopiq tutish hamda nam latta bilan tozalash tavsiya etiladi.

Meteorologlar ta’kidlashicha, bugungi vaziyat poytaxtdagi ekologiya muammolarining keskinlashganidan darak bermoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.