O‘zbekistonda nufuzli O‘zbek–Fransuz universiteti ochiladi

O‘zbekistonda nufuzli O‘zbek–Fransuz universiteti ochiladi

Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda yangi — O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etilmoqda. Ta’lim muassasasi o‘z ishini milliy qonunchilik va Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida olib boradi.

Dastlab magistratura yo‘nalishlari ochiladi, keyin bosqichma-bosqich bakalavriat va doktorantura yo‘lga qo‘yiladi. Abituriyentlar uchun maxsus tayyorlov kursi ham joriy etiladi.

Ta’lim davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga O‘zbek–Fransuz universiteti diplomi yoki Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar bo‘yicha konsorsiumga kiruvchi fransuz oliygohining diplomi beriladi.

Eng muhimi — ushbu diplomlar O‘zbekiston hududida rasman tan olinadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.