Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor qora oqqush bolaladi


Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor qora oqqush bolaladi. Bu haqda \"Daryo\" ma’lum qilindi.
Yangi yil yoqimli syurprizlar bilan boshlandi. Toshkent hayvonot bog‘ining qishki qushxonasida bir necha kun mobaynida birin-ketin besh momiqcha dunyoga keldi. Bu qora oqqushlardan nasl olish bilan bog‘liq birinchi muvaffaqiyatli tajriba. O‘tgan yili ham ular tuxum qo‘ygan, biroq polaponlar chiqmagandi.
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati

Ma’muriyat xabariga ko‘ra, korella va to‘tiqush ham polaponli bo‘ldi, lama bola ko‘rdi, suvda suzuvchi qushlarning ayrim turlari esa uya qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













