Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?

Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?

O‘zbekistondagi maktablarda qishki ta’tilning boshlanish vaqti ma’lum qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qishki ta’til joriy yilning 28-dekabrda boshlanadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur qarorni e’lon qildi.

Shuningdek, 2017-yilda qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Biroq, boshlang‘ich sinflarda (1-4-sinflar) ta’til 27-dekabrdan, ya’ni shanba kunidan boshlanadi.

Ushbu ta’til davomida o‘quvchilar 14 kun dam oladi, ya’ni 2026-yilning 10-yanvarigacha. 11-yanvar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, III chorak darslari 12-yanvar kunidan boshlanadi.

Bu ta’til o‘quvchilarga to‘liq dam olish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.