O‘zbekistonda bir kishi nechi litr alkogol ichadi?

O‘zbekistonda bir kishi nechi litr alkogol ichadi?

O‘zbekistonliklar o‘rtacha bir kishi hisobida yili­ga 2,1 litr sof alkohol iste’mol qiladi. Bu raqam World Population Review’ning 2026 yil uchun Alcohol Consumption by Country reytingida keltirilgan va mamlakatimizni MDH davlatlari orasida 7‑o‘ringa olib chiqdi.

Reytingda Rossiya va Belarus eng yuqori iste’mol ko‘rsatkichlari bilan ajralib turibdi. MDH mamlakatlari bo‘yicha bir kishi yillik alkohol iste’moli quyidagicha:

  • Rossiya — 16,8 litr

  • Belarus — 11,6 litr

  • Qozog‘iston — 6,38 litr

  • Moldova — 4,79 litr

  • Armaniston — 4,28 litr

  • Ozarbayjon — 2,49 litr

  • O‘zbekiston — 2,1 litr

  • Turkmaniston — 1,26 litr

  • Qirg‘iziston — 0,72 litr

Markaziy Osiyo davlatlari Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda nisbatan past ko‘rsatkichlarni namoyon etadi.

Dunyo miqyosida eng ko‘p alkohol iste’mol qiluvchi davlatlar esa quyidagilar:

  • Ruminiya — 17,1 litr

  • Gruziya — 15,5 litr

  • Latviya — 14,7 litr

  • Moldova — 14,1 litr

  • Chexiya — 13,7 litr

Shu tariqa, O‘zbekistonda alkohol iste’moli MDH va Yevropa davlatlari o‘rtacha darajalaridan ancha past — bu esa mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi saqlanishiga ishora qilishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.