Namangan–Dehli: To‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar boshlandi

Namangan–Dehli: To‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar boshlandi

3 aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangan–Dehli–Namangan yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni ishga tushirdi. Kompaniya matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, yangi qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar Airbus A320 rusumli havo kemasi orqali amalga oshiriladi, bu yo‘nalish yo‘lovchilarga qulay va tezkor transport imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu yangi qatnov Namangan va Hindiston poytaxti Dehli o‘rtasida savdo, turizm va shaxsiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.