Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bugun, 3 aprel kuni Afg‘onistonda katta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila soat 21:12 da ro‘y bergan. Epitsentr Toshkentdan 526 km janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, magnitudasi 6, chuqurligi 207 km ni tashkil etadi. Epitsentr Badaxshon, Afg‘onistonda joylashgan. Hudud koordinatalari: 36,69 daraja shimoliy kenglik va 70,76 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekistonning turli viloyatlarida zilzila quyidagi quvvatda sezildi:

  • Surxondaryo — 3 ball, 314 km
  • Farg‘ona — 2-3 ball, 420 km
  • Sirdaryo — 2-3 ball, 457 km
  • Jizzax — 2-3 ball, 457 km
  • Samarqand — 2-3 ball, 468 km
  • Andijon — 2-3 ball, 477 km
  • Namangan — 2-3 ball, 485 km
  • Qashqadaryo — 2-3 ball, 499 km
  • Toshkent viloyati — 2-3 ball, 520 km
  • Toshkent shahri — 2-3 ball, 526 km

Shu tariqa, Afg‘onistondagi seysmik faoliyat O‘zbekiston hududida ham sezilishi mamlakat aholisini ehtiyotkorlikka chorlaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.