O‘zbekiston bo‘ylab Qurbon hayiti namozi vaqtlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati mamlakatdagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlarni e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, hayit namozi 2026 yil 27 may, chorshanba kuni ado etiladi.
Toshkent shahridagi jome masjidlarda hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Toshkent viloyatida ham namoz aynan shu vaqtda o‘qiladi.
Hududlar bo‘yicha hayit namozi vaqtlari quyidagicha belgilandi:
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida — 05:05;
- Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida — 05:20;
- Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida — 05:30;
- Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida — 05:35;
- Xorazm viloyatida — 05:50;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — 05:55.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, namoz vaqtlari quyosh chiqishidan keyingi 15–20 daqiqalik farq hisobga olingan holda belgilangan.













