Ahad Qayum Burak O‘zchivit rol ijro etayotgan spektakldan chiqib ketgan tomoshabinlarni keskin tanqid qildi

Ahad Qayum Burak O‘zchivit rol ijro etayotgan spektakldan chiqib ketgan tomoshabinlarni keskin tanqid qildi

Taniqli ijodkor Ahad Qayum so‘nggi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan fikrlari bilan e’tibor markazida. U turk aktyori Burak O\'zchivit ishtirokidagi spektakl atrofidagi holatlarga munosabat bildirdi.

Ahad Qayumning ta’kidlashicha, spektakl davomida ayrim tomoshabinlarning asar nihoyasiga yetmasidan zalni tark etgani madaniy muhitdagi muhim muammolardan dalolat beradi. Uning fikricha, o‘zbek tomoshabinlari hali bunday formatdagi sahna asarlarini to‘liq qabul qilishga tayyor emas.

“Bizning odamlarni avval spektakl ko‘rishga tayyorlash kerak”, — deya qayd etgan u. Ijodkorning fikricha, sahna madaniyati, tomoshabin saviyasi va asarni to‘g‘ri qabul qilish masalalari ustida jiddiy ishlash zarur.

Shu sababli Ahad Qayum hozircha yirik va murakkab sahna loyihalarini amalga oshirishga shoshilmayotganini bildirgan. U avvalo tomoshabin didi va tayyorgarligini oshirish muhim deb hisoblaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.