O‘zbekistonda go‘sht va sut narxlari keskin oshmoqda

O‘zbekistonda go‘sht va sut narxlari keskin oshmoqda

O‘zbekistonda aholi orasida sezilgan inflyatsiya darajalari bo‘yicha turli ko‘rsatkichlar kuzatilmoqda. Xususan, oylik daromadi 2 million so‘mdan 4 million so‘mgacha bo‘lgan fuqarolar inflyatsiyani eng past darajada — 10,5 foiz sifatida his qilgan.

Shu bilan birga, daromadi 30 million so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi qatlami oxirgi 12 oy davomida narx-navo 14,7 foizga qimmatlashganini bildirmoqda. Ayniqsa, go‘sht va sut mahsulotlari narxidagi o‘sish ko‘pchilik tomonidan kuchliroq sezilayotgani aytilmoqda.

Hududlar kesimida esa sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u 12,9 foizni tashkil qilgan. Bu esa aholi kundalik iste’mol mahsulotlari narxidagi o‘zgarishlarni yanada yaqqolroq his qilayotganini ko‘rsatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.