Toshkentdagi AQSh elchixonasida viza berish qayta tiklandi


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali texnik muammolar tufayli to‘xtatib qo‘yilgan viza berish jarayoni qayta tiklanganini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
Xabar qilinishicha, vizalari tasdiqlangan arizachilar o‘zlarining viza tushirilgan pasportlarini haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari soat 15:30da olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
30 iyun kuni AQSh elchixonalarida vizalar berish bilan yuzaga kelgan muammo hal qilingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













