O‘zbekistonda Tajik Air samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda

O‘zbekistonda Tajik Air samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatilmoqda
Shu kunlarda O‘zbekistonda Tajik Air aviakompaniyasining samolyoti texnik xizmatdan o‘tmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» rasmiy saytiga tayanib Daryo yozmoqda.

Aytilishicha, texnik xizmat 2A-check shaklida ko‘rsatilmoqda.

«Toshkent ta’mir aviakorxonasining Tajik Air aviakompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi 2016 yili yo‘lga qo‘yilgan edi», — deyiladi xabarnomada.»

UAT aviakorxonasi marketing bo‘limi mutaxassislari mijozlarning talablariga yarasha xizmat ko‘rsatish uchun astoydil mehnat qilinayotganini ta’kidlab o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.