Mirziyoyev sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

Mirziyoyev sentyabrda BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning sentyabrida BMT Bosh assamlbeyasining 72-sessiyasida ishtirok etadi.

BMT bosh qarorgohi tomonidan tarqatilgan tadbirning dastlabki dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi doirasida chiqish qiladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida BMTda ilk bora chiqish qiladi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh assambleyasi sessiyasi 2017 yilning 19-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.