O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro hamkorlik qiladi
Turkmaniston parlamenti 5-chaqiriq Majlisi 22-kengashining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar qator qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama etib, qabul qilishdi, deb xabar berdi «O‘zbekiston 24».

Deputatlar \"Turkmaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida\", \"Turkmaniston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida\"gi hujjatlarni tasdiqladilar.

Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar Turkmaniston prezidentiga imzolash uchun yuboriladi va shundan so‘ng kuchga kiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.