O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgani nima bilan bog‘liq?

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgani nima bilan bog‘liq?
Narx-navoning keskin oshayotgani, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi bugun ko‘pchilikning muhokama mavzusiga aylangan. Ayrimlar narxlarning oshishiga oylik maoshlarning oshganini bosh omil qilib ko‘rsatsa, boshqalar xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.

Aslida-chi? Narxlar oshishiga nima sabab bo‘lmoqda? Ushbu savollar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zA’ga o‘z izohini berdi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatda inflyatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari (umumiy inflyatsiya darajasining 48,0 foizi), nooziq-ovqat tovarlari (39,6 foizga oshgan) hamda xizmatlar tariflarining (12,4 foizga oshgan) oshishi inflyatsiyani shakllantiruvchi asosiy sabablar bo‘lgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi tahlil qilinganda narxlarning yuqori o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Jumladan:

Qish-bahor mavsumida zaruriy miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborxonalar, muzlatkichlar yetarli darajada emas.

Viloyatlar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi issiqxonalar talab doirasida elektr-energiya, issiqlik va boshqa zaruriy manbalar bilan ta’minlanmagan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish tizimi yetarli darajada tashkil qilinmagan.

Ma’lumot uchun: 2017 yilda olma va nok narxi – 71 foizga, uzum – 79,6 foizga, piyoz – 44,2 foizga, sabzi – 23,6 foizga, bodring – 187,3 foizga, pomidor – 63,2 foizga va kartoshka – 64,2 foizga oshgan hamda ularning umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri 22,7 foizni tashkil qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.