Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi
Yelisey saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qiladi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi
Muzokarada Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi
Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Parijda Shavkat Mirziyoyevni kutib olish marosimi boʻlib oʻtgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.