O‘zbekiston OPEKning kuzatuvchisiga aylandi

Neft eksportchi davlatlari tashkiloti (OPEK) 7 dekabr kuni kuzatuvchi maqomini olgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirgan. Ularning ichida O‘zbekiston ham bor, deya xabar berdi \"Turon24\" axborot agentligi.
7 dekabr kuni OPEK yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OPEK konferensiyasi raisi, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazrui OPEK kuzatuvchilari qatoriga O‘zbekiston, JAR, Afrika neft sanoati assotsiatsiyasi qo‘shilganini aytgan.
\"Men yangi ishlab chiqaruvchilarni \"OPEK emas\", balki kuzatuvchi maqomidagi davlatlar deya atagan bo‘lardim\", degan al-Mazrui.
OPEK 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilot qazib olingan barcha neftning 80 foizini nazorat qiladi. OPEK tarkibiga 15 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!7 dekabr kuni OPEK yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OPEK konferensiyasi raisi, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazrui OPEK kuzatuvchilari qatoriga O‘zbekiston, JAR, Afrika neft sanoati assotsiatsiyasi qo‘shilganini aytgan.
\"Men yangi ishlab chiqaruvchilarni \"OPEK emas\", balki kuzatuvchi maqomidagi davlatlar deya atagan bo‘lardim\", degan al-Mazrui.
OPEK 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda tashkilot qazib olingan barcha neftning 80 foizini nazorat qiladi. OPEK tarkibiga 15 ta davlat kiradi: Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













