Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritiladi

Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritiladi:

345-moddaning (Jinoyat ishining tergovga tegishliligi):
- ikkinchi qismidagi “230, 231-moddalarida” degan soʻzlar “230 ─ 231-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;
- beshinchi qismidagi “260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlardan keyin “2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan toʻldiriladi;

381-2-moddaning (Jinoyat ishining tergovga tegishliligi) birinchi qismi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“1) ichki ishlar organlarining ─ Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125 ─ 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 138, 140- moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185 ─ 185-1-moddalarida, 186-2-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 216-1, 216-2-moddalarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 228-1 ─ 229-3-moddalarida, 250-1-moddasi birinchi qismi (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 255-2-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 260-1-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 263-1-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida. 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 278-1 ─ 278-6-moddalarida, 278-7-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;”.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlaydi;
- ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.