Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritiladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilishi mumkin:

“Davlat organlari mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida tegishli axborotni e’lon qilish va yangilash tartibini buzishi, noto‘g‘ri davlat statistika hisobotlarini taqdim qilishi, - eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;
- ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.