Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi», – deyiladi davlat rahbarining maktubida.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.

Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.