Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi
Hafta davomida O‘zbekistonda havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi

Joriy haftada Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati +18 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilishlaricha, 7-8 yanvar kunlari respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

9-10 yanvar kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Kechasi harorat 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Ba’zi hududlarda harorat +18 darajaga etishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.