“Toshkent” avtovokzaliga 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi (foto)

“Toshkent” avtovokzaliga 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi (foto)
“Toshkent” avtovokzaliga Xitoyning “Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda so‘zga chiqqan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov, XXRning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan va boshqalar O‘zbekistonda aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Toshkent” avtovokzali tubdan rekonstruksiya qilinib, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlandi. Mehmonxona, ona va bola, tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxonalar tashkil etildi. 31 perron va 80 avtobus uchun joy mavjud. Vokzalda bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
“Toshkent” avtovokzaliga 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi (foto)
– Mahalliy fuqarolarimiz va xorijlik sayyohlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish, ularni manziliga xavfsiz va qulay sharoitlarda yetkazishga alohida e’tibor qaratayapmiz, – dedi “Uzautotrans Service” kompaniyasi bosh direktori Saidrahim Ikromov.

– Shu maqsadda Xitoyning “Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 100 ta avtobus olib kelgan edik. Bugun ular qatoriga yana 68 ta qo‘shildi. 51 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bu avtobuslarda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar bor. Yumshoq o‘rindiqlar tepasida havo deflektori, individual yoritish chiroqlari, konditsioner, karnay joylashgan, telefonni quvvatlash qurilmasi mavjud. Bu yo‘lovchilarga juda qo‘l keladi. Ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.
“Toshkent” avtovokzaliga 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi (foto)
Ta’kidlanishicha, hozirda “Toshkent” avtovokzalidan Samarqand, Buxoro, Yangiyer, Zomin, Jizzax, Qarshi, Qorako‘l, Gagarin, Termiz, Urganch, Denov kabi 11 shaharlararo va Qozog‘istonning Taraz, Turkiston, Ushkunur, Olmaota shaharlariga xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirmoqda.
“Toshkent” avtovokzaliga 68 ta YUTONG avtobusi olib kelindi (foto)
Tez kunlarda Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Qozog‘istonning yana boshqa shaharlariga xalqaro avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirgan.

Tadbirda “Uzautotrans Service” MChJ korxonasi va Xitoyning “Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida haydovchi hamda texnik xodimlarning malakasini oshirish borasida ilmiy-texnik hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Xurshid QODIROV, A’lo ABDULLAYeV (surat)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.