Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
Tashrif yakunida Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida \"Belarus\" yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
O‘zbekiston rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
Ushbu park 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
Bugungi kunda \"Belarus\" YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.