Oʻzbekistonda havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda
Bugun sovuq antitsiklon chegarasi Qozogʻistonning shimoli-sharqiy qismiga siljib, uning Oʻzbekiston hududiga taʼsiri asta kamayadi. Kunduzi havo harorati koʻtarilib 4-9 daraja iliqni tashkil qiladi, biroq bu harorat ham meʼyordan past.

“Oʻzgidromet”ning yozishicha, dam olish kunlari Kaspiy dengizi janubidan iliq va nisbatan nam havo oqimining kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 1-dekabrda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga kuchsiz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Harorat foni koʻtarilib boradi hamda kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq boʻladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.