JICA O‘zbekistondagi loyihalarga 3,5 milliard dollar ajratadi

JICA O‘zbekistondagi loyihalarga 3,5 milliard dollar ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan ko‘p yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
JICA O‘zbekistondagi loyihalarga 3,5 milliard dollar ajratadi
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni o‘z ichiga olgan yangi dastur o‘zaro kelishib olindi.
JICA O‘zbekistondagi loyihalarga 3,5 milliard dollar ajratadi
Kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida \"yo‘l xaritasi\" ishlab chiqishga kelishib olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.