O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi

O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi
19-20 martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 18-20 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19 martda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

20 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20 martda havo harorati kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.