Bugun Toshkentda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

Bugun Toshkentda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq, shimolda 1-6° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-2° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.