«Oʻzgidromet» 12 martda ham yomgʻirli ob-havo boʻlishini ma'lum qildi

«Oʻzgidromet» 12 martda ham yomgʻirli ob-havo boʻlishini ma'lum qildi
«Oʻzgidromet» 12 mart, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Momaqaldiroq paytida shamol kuchayishi 25-28 metr/sekundgacha etishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba'zi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

«Oʻzgidromet» ma'lumotiga koʻra, yomgʻirli ob-havo 16 martgacha davom etishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda kuchli shamol va momoqaldiroq boʻlishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.