Reaktiv samolyotga o‘xshash Chevrolet Corvette ishlab chiqariladi!

Reaktiv samolyotga o‘xshash Chevrolet Corvette ishlab chiqariladi!
Yevropalik Mxtrem Automobili tyuning-ateliesi Chevrolet Corvette sportkarini reaktiv samolyot uslubidagi ekstremal superkarga aylantirish loyihasini e’lon qildi. Motor1.com xabariga ko‘ra, ushbu model uglevodorod materiallardan yasalgan aerodinamik kuzovga, reaktiv dvigatel imitatsiyasiga va hatto raketalar maketiga ega bo‘ladi. Jami 12 dona ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning narxi hozircha noma’lum.
Reaktiv samolyotga o‘xshash Chevrolet Corvette ishlab chiqariladi!
Tizer tasvirlarida old bamper va orqa qismga joylashtirilgan raketa maketlarini ko‘rish mumkin. Mashinaning orqa tomonida reaktiv dvigatel chiqish quvurlari va qiruvchi samolyotlardagi kabi vertikal stabilizatorlar o‘rnatilgan. Salon ichida klassik rul o‘rniga samolyot shтурvali qo‘llanilgan, old panelda qizil kalitlar va markaziy tunnelda noma’lum maqsadga mo‘ljallangan joystik joylashgan.
Reaktiv samolyotga o‘xshash Chevrolet Corvette ishlab chiqariladi!
Loyiha Maverick deb nomlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi uni “g‘ildirakdagi qiruvchi samolyot” deb ta’riflamoqda. Ushbu superkar faqat 12 dona chiqariladi va asosan kolleksionerlar uchun mo‘ljallangan. Mijozlar o‘z istagiga ko‘ra Stingray, kuchaytirilgan Z06 yoki gibrid E-Ray versiyalaridan birini asos qilib tanlashlari mumkin.
Reaktiv samolyotga o‘xshash Chevrolet Corvette ishlab chiqariladi!
Shu bilan birga, Chevrolet Corvette’ning eng qudratli versiyasi — ZR1 modelining ham taqdimoti yaqinlashmoqda. U LT7 zavod kodi ostidagi 5,5 litrli, egizak turbokompressorga ega V8 dvigateli bilan jihozlanadi. Ushbu motor 1079 ot kuchi ishlab chiqaradi va unga 8 pog‘onali avtomat moslashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.