Volkswagen Tiguan va Passat: 1400 km masofa bosuvchi yangi modellar

Volkswagen Tiguan va Passat: 1400 km masofa bosuvchi yangi modellar

SAIC Volkswagen qoʻshma korxonasi bozorga ikkita yangi plagin-gibrid model — Passat ePro va Tiguan L ePro avtomobillarini chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Yangi modellarning rasmiy debyuti 29-may kuniga rejalashtirilgan boʻlib, ular oʻzining yuqori tejamkorligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Har ikkala model bir xil kuch qurilmasi bilan jihozlangan: 1,5 litrli EA211 turbomotorli benzinli dvigatel, bitta elektromotor, TQ251 transmissiyasi va 22 kW·soat sigʻimli akkumulyator. Ichki yonuv dvigateli 129 ot kuchiga, elektromotor esa 197 ot kuchiga ega. Passat ePro modeli toʻliq quvvat bilan 1468 km, Tiguan L ePro esa 1423 km masofani bosib oʻtishi eʼlon qilingan.

Passat ePro butunlay yangilangan tashqi koʻrinishga ega boʻldi. Uning asosiy elementlari orasida yangi svetodiodli faralar, old qismdagi yaxlit LED chizigʻi va yoritiladigan Volkswagen logotipi mavjud. Avtomobilning uzunligi 5017 mm, gʻildiraklar bazasi esa 2871 mm ni tashkil etadi. Salonning asosiy oʻziga xosligi — old paneldagi uchta ekran (10,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,9 dyuymli multimedia tizimi).

Tiguan L ePro krossoveri ham yangi elektrlashtirilgan avtomobillarga xos dizayn elementlarini oldi: yangilangan LED optikasi va yoritiladigan logotip. Krossoverning oʻlchamlari 4744 x 1842 x 1684 mm boʻlib, gʻildiraklar bazasi 2791 mm ga teng. Salonda xuddi shunday uchta ekran, yangi rul chambaragi va old yoʻlovchi uchun maxsus qulay oʻrindiq oʻrnatilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.