Jaecoo J8 krossoveri Rossiya bozorida 15 mingta sotuv koʻrsatkichiga erishdi

Rossiya bozorida sotuvlar boshlanganidan buyon Jaecoo J8 krossoveri 15 mingdan ortiq xaridorga ega boʻldi. Bu haqda Omoda/Jaecoo brendining matbuot xizmati maʼlumot berdi. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, modelning muvaffaqiyatiga uning 249 ot kuchiga ega 2 litrli kuchli turbomotor va aʼlo darajadagi harakatlanish xususiyatlari asosiy sabab boʻlgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Avtomobilning yuqori komplektatsiyalari tortish vektorini boshqarish funksiyasiga ega (Torque Vectoring) intellektual toʻliq uzatmali tizim bilan jihozlangan. Jaecoo J8 tizimining anʼanaviy AWD tizimlaridan farqi shundaki, unda orqa differensial yarim oʻqlarida ikkita mustaqil mufta qoʻllanilgan. Bu esa burilishlarda barqarorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Torque Vectoring tizimi amortizatorlar qattiqligini oʻzgartira oladigan faol podveska bilan toʻldirilgan. 15 ta datchik bilan jihozlangan ushbu tizim yoʻl sharoitlariga tezda moslashib, hatto notekis joylarda ham maksimal qulaylikni taʼminlaydi. Shuningdek, model turli vazifalar uchun 7 xil adaptiv haydash rejimiga ega.
Jaecoo J8 krossoveri zamonaviy texnologik jihozlar bilan ham ajralib turadi. Avtomobil salonida umumiy diagonali 24,6 dyuymli HD-displeylar, Snapdragon 8155 protsessori, proyeksion displey, svetodiodli yoritish tizimi hamda 14 tagacha dinamikdan iborat premium audio tizim oʻrnatilgan.













