Angliya mutaxassislari o‘ziyurar yuk mashinalarini sinovdan o‘tkazmoqda…

Aytishlaricha, 2018 yil oxiriga qadar Buyuk Britaniya serqatnov yo‘llarida o‘ziyurar yuk mashinalari paydo bo‘ladi. Hozir ularni maxsus poligonda test sinovlaridan o‘tkazishyapti. Kolonna to‘rtta mashinadan iborat. Oldindagisi boshqaruv mashinasi, uning ortidan yana bir haydovchili mashina harakatlanadi.
Xuddi shu haydovchili mashina orqadagi ikkita o‘ziyurar mashinaning harakatlarini boshqarib, nazorat etib boradi. Mutaxassislarning gapiga ko‘ra, o‘ziyurar mashinalar serqatnov ko‘chalarda tirbandliklar paydo bo‘lishiga yakun yasaydi, qolaversa, havoga taralayotgan zaharli gaz miqdori keskin kamayib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, sinovlarni mamlakatdagi transport mashinalari tadqiqot laboratoriyasi xodimlari tashkil etishgan.
Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xuddi shu haydovchili mashina orqadagi ikkita o‘ziyurar mashinaning harakatlarini boshqarib, nazorat etib boradi. Mutaxassislarning gapiga ko‘ra, o‘ziyurar mashinalar serqatnov ko‘chalarda tirbandliklar paydo bo‘lishiga yakun yasaydi, qolaversa, havoga taralayotgan zaharli gaz miqdori keskin kamayib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, sinovlarni mamlakatdagi transport mashinalari tadqiqot laboratoriyasi xodimlari tashkil etishgan.
Manba: Hordiq.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













