GM Uzbekistan “Sergeli” avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd soʻmlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi

GM Uzbekistan “Sergeli” avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd soʻmlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi
GM Uzbekistan Toshkent shahridagi “Sergeli” avtomobil bozori hududida “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari” yangi aksiyasini yoʻlga qoʻydi. Ilk kunda jami 3 mlrd 850 mln soʻmlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.
GM Uzbekistan “Sergeli” avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd soʻmlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi
Foto: GM Uzbekistan
Salon Toshkentdagi “Sergeli” avtomobil bozori hududida oʻtgan dam olish kunlari tashkil etildi, bu yerda savdoga eng talabgir “Spark”, “Kobalt” va “Lasetti” rusumli avtomobillar qoʻyildi.
GM Uzbekistan “Sergeli” avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd soʻmlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi
Foto: GM Uzbekistan
“Dam olish kunlari boʻlishiga qaramay, «Ochiq osmon ostidagi avtosalon” ilk mijozlarni qabul qildi, kun davomida ularning soni ortib bordi. Avtosalon xodimlari xaridorlarga yuqori darajada servis xizmati koʻrsatib, maksimal darajada qulaylik taqdim etishga harakat qilishdi. Xaridorlarning qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi, shartnoma tuzish jarayonlari tezkor va bayramona kayfiyatda amalga oshirildi», - deyiladi kompaniya xabarida.
GM Uzbekistan “Sergeli” avtobozoridagi bir ish kunida 3,85 mlrd soʻmlik avtomobillarga shartnomalar tuzdi
Foto: GM Uzbekistan
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzavtosanoat” “sunʼiy” navbatlar va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari kuzatilgani haqida maʼlum qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.